Skip links

WEBER Ranglar dunyosi!

Weber — bu sifatli bo‘yoq izlayotganlar uchun to‘g‘ri tanlov. U nafaqat chiroyli natija beradi, balki uzoq muddat davomida o‘z sifatini saqlab qoladi.

WEBER — Ranglar dunyosi!

2011-yildan buyon biz — WEBER jamoasi, O‘zbekiston bo‘yoq sanoatida sifat, ishonch va innovatsiya timsoli bo‘lib kelmoqdamiz. Bizning yo‘limiz bir orzu bilan boshlandi — xalqimizga zamonaviy, sifatli va uzoq muddat xizmat qiladigan bo‘yoq mahsulotlarini taqdim etish!
• Birinchi qadam: 2011-yilda ilk lak mahsulotlarimiz bilan bozorga kirib keldik va mijozlarimiz ishonchini qozondik.

• 2012-yilda suv asosli akril bo‘yoqlar ishlab chiqarishni boshladik va o‘sha yilning o‘zida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tayyor rangli emulsiyani taqdim etdik!

• 2014-yildan boshlab mahsulotlarimiz nafaqat O‘zbekistonda, balki xorij bozorlarida ham sotila boshladi.

• Hozirda korxonamiz PF-060 laklari, alkid asosidagi “WEBER” brendi ostidagi rangli emallar, “WEBER” suvli dekorativ bo‘yoqlari (emulsiyalar), devorlar uchun gruntovka qoplamalari, tunika idishlari, polimer shpalyovkalar, yaxta laklari, tom tunikasi uchun bo‘yoqlar, gruntovka bo‘yoqlar, yog‘och mahsulotlari uchun laklar hamda interyer va eksteryer uchun emulsiya bo‘yoqlari kabi qator mahsulotlarni yuqori sifatda ishlab chiqarmoqda.

Biz ishlab chiqargan har bir bo‘yoq — mustahkam, rangini yo‘qotmaydigan va sog‘liq uchun xavfsizdir. WEBER bo‘yoqlari — bu devoringiz, uyingiz va ofisingizga hayot baxsh etadigan ranglardir. Siz tanlagan har bir rang — kayfiyatingiz, uslubingiz va orzularingiz aksidir.

• 2024-yildan boshlab o‘z showroom do‘konlarimizni ishga tushirdik.

Endi siz:
• Ranglarni jonli ko‘rishingiz mumkin
• Mutaxassislarimizdan bepul maslahat olishingiz mumkin
• Mahsulotlarni joyida xarid qilishingiz mumkin

• 2025-yildan boshlab esa yurtimizning barcha yirik shahar va viloyatlarida yangi showroomlar ochishni rejalashtirganmiz.

Tanlovingiz WEBER lak-bo‘yoq mahsulotlari ekanligidan mamnunmiz va xaridingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

WEBER — Siz orzu qilgan ranglar, biz yaratgan sifat!

BIZNING XAMKORLAR

Explore
Drag