Siz tanlagan har bir rang. sizning kayfiyatingiz, uslubingiz va orzuyingiz aksidir. Weber — bu sifatli bo‘yoq izlayotganlar uchun to‘g‘ri tanlov. U nafaqat chiroyli natija beradi, balki uzoq muddat davomida o‘z sifatini saqlab qoladi.
WEBER — Ranglar dunyosi!
2011-yildan buyon biz — Weber jamoasi, O‘zbekiston bo‘yoq sanoatida sifat, ishonch va innovatsiya timsoli bo‘lib kelmoqdamiz. Bizning yo‘limiz bir orzu bilan boshlandi — xalqimizga zamonaviy va sifatli bo‘yoqlar taqdim etish!
Hozirda korxonamiz PF-060 lak, alkid “WEBER” brendi ostida rangli emallar, “WEBER” suv asosli bo’yoqlar ( Emulsiya), devor uchun astar qoplamalar, bo’yoq uchun maxsus termir idishlar, polimer shpaklyovkalar, barcha turdagi laklar, tom uchun maxsus bo’yoqlar, maxsus astar bo’yoqlar, ichki va tashqi devorlar uchun. maxsus suv asosli tayyor rangli emulsiyalar ishlab chiqarilmoqda
Biz ishlab chiqargan har bir bo‘yoq — yuqori sifat, ishonch va sog‘liq uchun xavfsizlik timsolidir. Siz tanlagan har bir rang esa — kayfiyatingiz, didingiz va orzularingizni aks ettiradi.
WEBER — Ranglar dunyosi!
2011-yildan buyon biz — Weber jamoasi, O‘zbekiston bo‘yoq sanoatida sifat, ishonch va innovatsiya timsoli bo‘lib kelmoqdamiz. Bizning yo‘limiz bir orzu bilan boshlandi — xalqimizga zamonaviy va sifatli bo‘yoqlar taqdim etish!
Hozirda korxonamiz PF-060 lak, alkid “WEBER” brendi ostida rangli emallar, “WEBER” suv asosli bo’yoqlar ( Emulsiya), devor uchun astar qoplamalar, bo’yoq uchun maxsus termir idishlar, polimer shpaklyovkalar, barcha turdagi laklar, tom uchun maxsus bo’yoqlar, maxsus astar bo’yoqlar, ichki va tashqi devorlar uchun. maxsus suv asosli tayyor rangli emulsiyalar ishlab chiqarilmoqda
Biz ishlab chiqargan har bir bo‘yoq — yuqori sifat, ishonch va sog‘liq uchun xavfsizlik timsolidir. Siz tanlagan har bir rang esa — kayfiyatingiz, didingiz va orzularingizni aks ettiradi.
Nima uchun Weber?

Yuqori sifat
Mahsulotlarimiz zamonaviy uskunalar va sifatli xom-ashyo asosida ishlab chiqariladi.

Innovatsion
texnologiyalar
Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan bo‘yoqlarimiz yuqori sifat, mustahkamlik va mukammal natijani ta’minlaydi.

Ishonchlilik
Har bir mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qat’iy sifat nazoratidan o‘tadi.

Keng
assortiment
Turli xil qurilish va ta’mirlash ishlari uchun mos mahsulotlar mavjud.
Bizning mahsulotlar
Weber kompaniyasi har bir loyiha uchun mos keladigan mahsulotlarni ishlab chiqib, mijozlarga sifat, qulaylik va uzoq muddatli natijani ta’minlashni maqsad qiladi.
weber
EMAL PF-115 PREMIUM (JILOLI)
Yuqori sifatli alkid lak asosida tayyorlangan bo‘lib, yuzalarni tashqi ta’sirlardan ishonchli himoya qiladi. U yog‘och, metall va boshqa ichki hamda tashqi yuzalarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan.
weber
Antipas
Uralkid asosli, korroziyaga qarshi pigmentlarni o‘z ichiga olgan astar bo‘yoq. Namlik ta’sir qiladigan og‘ir iqlim sharoitida ishlaydigan metall konstruksiyalarning korroziyaga uchrashining oldini oladi hamda keyingi qoplamalar uchun ideal poydevor vazifasini bajaradi.
weber
PF266 standart “BROWN”
Universal jigarrang alkid lak asosida tayyorlangan bo‘lib, tashqi ta’sirlarga chidamli va jilokor tusga ega. Emal bo‘yalgan hamda bo‘yalmagan yog‘och va boshqa ichki hamda tashqi yuzalarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan.
weber
Weber surik
Uretan asosli alkid lakdan tayyorlangan, yaltiroq va oliy sifatli lak. Yengil surtiladi, tez quriydi, sarg‘aymaydi va o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Zarbalarga chidamli bo‘lib, yuqori darajada jilo beradi hamda yuzadagi g‘ovaklarni to‘ldirish xususiyatiga ega. Yog‘ochni quyosh nurlari va dengiz suvi ta’siridan himoya qiladi.
weber
EMAL PF-115 PREMIUM (JILOLI)
Yuqori sifatli alkid lak asosida tayyorlangan bo‘lib, yog‘och, duradgorlik buyumlari, mebellar, metall, binolar va boshqa ichki hamda tashqi yuzalarni himoya qilish hamda ularga dekorativ yaltiroq ko‘rinish berish uchun ishlatiladi.
weber
Yaxta lak
Uretan asosli alkid lakdan tayyorlangan, yaltiroq va oliy sifatli lak. Yengil surtiladi, tez quriydi, sarg‘aymaydi va o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Zarbalarga chidamli bo‘lib, yuqori darajada jilo beradi hamda yuzadagi g‘ovaklarni to‘ldirish xususiyatiga ega. Yog‘ochni quyosh nurlari va dengiz suvi ta’siridan himoya qiladi.
weber
Weber matte
Xira emal bo‘yog‘i qora va oq rangli, yuqori sifatli alkid lak asosida tayyorlangan bo‘lib, silliq va nursiz qoplama hosil qilish xususiyatiga ega. Yog‘och, metall va boshqa ichki hamda tashqi yuzalarni bo‘yashda keng qo‘llaniladi.
weber
Neolite (JILOLI)
Jiloli, tez quruvchan universal emal. Ichki va tashqi ishlar uchun mo‘ljallangan. Havoda tez quriydi va jilosini yo‘qotmaydi. Yuqori yopuvchanlikka ega. Tarkibida maxsus bog‘lovchi moddalar mavjud bo‘lib, qurigandan so‘ng jiloli, elastik hamda atmosfera ta’siriga chidamli yuza hosil qiladi.
weber
Hammer bo‘yog‘i .
Sanoat, ishlab chiqarish va maishiy sharoitlarda metall buyumlarni uzoq muddat himoya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli hammerayt bo‘yog‘i. Tarkibida poliester va epoksid smolalar, silikon smolalar hamda metall pigmentlar mavjud bo‘lib, qoplamaning zichligini oshiradi, mukammal yopishish va antikorrozion xususiyat beradi.
weber
Weber oq standart
Akril oq rangli bo‘yoq. U tashqi devorlar, shift va bino yuzalarini bo‘yashda, shuningdek namlik darajasi o‘rtacha bo‘lgan xonalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ushbu bo‘yoq yuqori sifatli bo‘lib, uzoq muddatli himoya xususiyatiga ega hamda yuvish jarayoniga bardosh beradi.
weber
Weber oq premium
Ichki suv asosli bo‘yoq asosan binoning ichki qismlarida ishlatiladigan, ekologik toza va xavfsiz bo‘yoq turidir. Bo‘yoq ichki devorlar, shiftlar va boshqa ichki yuzalar, shuningdek namlik darajasi o‘rtacha bo‘lgan xonalar uchun mo‘ljallangan.
weber
Weber oq standart
Ichki suvli emulsiya asosan ichki devor va shift yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. Qo‘llash qulay bo‘lib, silliq va mat qoplama hosil qiladi. Shu bilan birga, yuzalarni himoya qiladi va uzoq muddat davomida rangini saqlab qoladi. Bo‘yoqni ishchi qovushqoqligiga qarab suv bilan 10% gacha aralashtirish mumkin.
weber
Weber rangli emulsiya
Rangli suv asosli emulsiya tashqi va ichki devorlar uchun ishlatiladigan, har tomonlama yaxshi yoyiluvchan bo‘yoqdir. Uni devor, shift va bino yuzalarini bo‘yashda, shuningdek namlik darajasi o‘rtacha bo‘lgan xonalarda qo‘llash mumkin. Ushbu emulsiyalar 50 dan ortiq tayyor ranglarda mavjud.
weber
Travertin lak
Maxsus shaffof qoplama bo‘lib, travertin yuzasini ishonchli himoyalash va jilokor ko‘rinish berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu lak yuqori suv o‘tkazmaydigan xususiyatga ega bo‘lib, mustahkam himoya hosil qiladi hamda bardoshli sirt qoplamasini ta’minlaydi. U havo o‘tkazish xususiyatiga ega va sirtni to‘liq qoplaydi.
weber
WEBER TRAVERTINI
WEBER TRAVERTINI — yuqori sifatli, tabiiy tosh ko‘rinishini beruvchi dekorativ qoplama bo‘lib, binoning tashqi va ichki yuzalarini bezash uchun ishlatiladi. Ushbu qoplama travertin toshining betakror rang va tuzilishini aks ettirish maqsadida ishlab chiqarilgan bo‘lib, maxsus shakl va tekstura yaratish uchun mo‘ljallangan.
weber
Ottocento “Sahara”
Ushbu mahsulot dekorativ bo‘yoqning qumli (sand) ko‘rinishini beruvchi jilokor bo‘yoqdir. U yorug‘lik ostida turlicha o‘zgaradigan tekstura, nozik kumush yoki qum pardasiga o‘xshash ko‘rinish beradi. Rang va tuzilishi tabiiy ko‘rinish berib, yuzalarga soflik hamda nafislik olib kiradi.
weber
Ottocento “Antico Bianco”
Rangli suv asosli emulsiyasi - tashqi va ichki devorlar uchun ishlatiladigan har tamonlama yoyiluvchan bo'yoBu devorlarni bezash uchun ishlatiladigan dekorativ qoplama bo'lib, u baxmal yoki velor mato bilan qoplangan devorlarning vizual ta'sirini yaratadi va yorug'lik tushishiga qarab marvariddek porlaydi.
weber
Silikonli oq rangli bo'yoq
U yuqori yopuvchanlikka ega bo‘lib, suv va namlikka chidamlilik xususiyatlari bilan boshqa emulsiyalardan ajralib turadi. Ushbu emulsiya tashqi va ichki devorlar, shift hamda boshqa yuzalar uchun mo‘ljallangan. Silikon emulsiya yuzalarda kichik va mayda yoriqlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
weber
Akril astar bo‘yog‘i
Yuqori sifatli, o‘ta shimiluvchan bino va inshootlarning ichki hamda tashqi qismlarini bo‘yashda, yomon shimiluvchi yuzalarga — shtukaturka va plitka yelimlari qoplashdan avval surtish uchun mo‘ljallangan. Har qanday yuzaga yengil qoplanadi. Bo‘yalgan yuza havo o‘tkazadi.
weber
Polimer-finish
Bu polimer biriktiruvchiga asoslangan oq rangli quruq aralashma. U yuqori yopishqoqlik, plastiklik va yorilishga chidamlilik xususiyatlariga ega. 0,5 dan 4 mm gacha bo‘lgan bo‘g‘inlarni tekislash uchun juda mos keladi. Suv bilan aralashtirilgandan so‘ng, 72 soat davomida o‘zining ish xususiyatlarini saqlab qoladi.
weber
Sovuq Asfalti
Yuqori sifatli, qo‘llashga oson va kam kuch talab etiladigan tayyor mahsulot. Chuqur yoki kichik teshiklarni ta’mirlash uchun ajoyib yechim hisoblanadi. Issiq jarayonlarning yo‘qligi sababli foydalanish xavfsiz. Ushbu mahsulot yo‘laklar, avtoturargohlar hamda chuqurlarni ta’mirlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
weber
Bo‘yoq erituvchi
Emal va laklarning yopishqoqligini kamaytirish orqali ularning konsistensiyasini o‘zgartirish uchun ishlatiladi. Bu bo‘yoqni yuzaga kengroq maydonda bir tekis surtishni osonlashtiradi, yaxshi tarqalishini ta’minlaydi va tomchilar hosil bo‘lishining oldini oladi.
Ushbu kalkulyator sizga
kerakli bo‘yoq yoki qoplama materiallari
miqdorini tez va aniq hisoblashda yordam beradi.
Qoplama Kalkulyatori
Weber bo‘yoqlarining ustunliklari
Yuqori qoplash xususiyati
Weber bo‘yoqlari yuqori darajadagi qoplash (ukryvistost) xususiyatiga ega. Bu esa kamroq qatlam bilan mukammal natijaga erishish imkonini beradi. Natijada siz vaqt va xarajatni tejaysiz, yuzada esa bir xil va chiroyli rang hosil bo‘ladi.
Uzoq muddat xizmat qiladi
Weber mahsulotlari tashqi omillarga chidamli bo‘lib, uzoq yillar davomida o‘z rangini va sifatini saqlab qoladi. Quyosh nuri, namlik va harorat o‘zgarishlari bo‘yoq sifatiga salbiy ta’sir qilmaydi.
Ekologik xavfsiz
Mahsulotlarimiz inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lib, ekologik standartlarga javob beradi. Ichki ishlarda foydalanilganda havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va noxush hid chiqarmaydi.
Oson qo‘llaniladi
Weber bo‘yoqlari bilan ishlash juda qulay. Ular silliq surtiladi, tomchilamaydi va tez quriydi. Bu esa ish jarayonini yengillashtiradi va professional natijani ta’minlaydi.
Rang barqarorligi
Bo‘yoqlarimiz rangini uzoq vaqt davomida yo‘qotmaydi. Oqartirib ketish yoki rang o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Bu esa ayniqsa fasad ishlari uchun juda muhim.
Yana savollaringiz bormi
bizga ?
Weber — bu sifatli bo‘yoq izlayotganlar uchun to‘g‘ri tanlov. U nafaqat chiroyli natija beradi, balki uzoq muddat davomida o‘z sifatini saqlab qoladi. Qurilish va ta’mirlashda ishonchli hamkor — bu Weber.